Zimbabve hukumati qurg‘oqchilikdan qochish uchun 200 ta filni o‘ldirmoqchi

Zimbabve hukumati qurg‘oqchilikdan qochish uchun 200 ta filni o‘ldirmoqchi

Zimbabve atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi mamlakatda fillar juda ko‘p ekanligini ma’lum qildi. ZimParks yovvoyi tabiat bog‘i rahbariyatiga o‘ldiriladigan hayvonlarni tanlash vazifasi yuklandi, deb xabar beradi BILD.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, bu harakat tez o‘sib borayotgan fillar populyasiyasini nazorat qilish va haddan tashqari qurg‘oqchilik oqibatlarini yumshatishga yordam beradi.

ZimParks qo‘riqxonasi rahbari Fulton Mangvanyaning AFPga aytishicha, rasmiylar jami 200 ta fildan xalos bo‘lishni maqsad qilgan.

Zimbabveda jami 100 000 ga yaqin fil yashaydi, mamlakat bu hayvonlar soni bo‘yicha Botsvanadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Zimbabveda fillar oxirgi marta 1988 yilda otilgan.

Avvalroq Namibiya so‘nggi o‘n yillikdagi eng kuchli qurg‘oqchilik tufayli 700 ta yovvoyi hayvonlar, jumladan, fil va begemotlar yo‘q qilinishini ma’lum qilgandi. Namibiya Atrof-muhit vazirligi 160 ga yaqin jonivorning o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Ushbu chora suv resurslarini iste’mol qilishni yengillashtirish va qurg‘oqchilik tufayli och qolgan minglab odamlarni go‘sht bilan ta’minlash uchun ishlab chiqilgan. Hukumatning buyrug‘i hayvonlar huquqlari faollari tomonidan qattiq tanqid qilindi.

Qurg‘oqchilik tufayli favqulodda holat e’lon qilgan janubiy Afrika davlatlari qatorida Zimbabve va Namibiya ham bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!