Indoneziyada musulmonlarga kriptopvalyuta taqiqlandi

Indoneziyada musulmonlarga kriptopvalyuta taqiqlandi

Indoneziya Ulamolar kengashi kriptovalyutani harom deb e’lon qildi. Kengashga ko‘ra, kriptovalyuta savdosi jahd-jadal va hayajon bilan aloqador bo‘lib, shariatga mos kelmaydi.

Fatvo komissiyasi raisi Asrorun Niam Sholehning aytishicha, kriptovalyuta shariatga to‘g‘ri kelsa va haqiqiy foydasi isbotlansagina, u bilan savdo qilish mumkin bo‘ladi.

Ulamolar kengashi qarori qonuniy kuchga ega emas, biroq kengash shariat talablariga rioya etilishini nazorat qiladi va ko‘plab davlat idoralariga, jumladan, Markaziy bank va Moliya vazirligiga maslahatlar beradi.

Indoneziya Markaziy banki 2018 yilda kriptovalyuta qonuniy to‘lov vositasi emasligini aytgan, biroq 2019 yilning fevralida tovar sifatida bitkoinlar va kriptovalyuta savdosiga ruxsat bergandi.

Independent nashrining yozishicha, Indoneziyada 4,45 millionga yaqin kishi kriptovalyuta bilan shug‘ullanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!