Ilon Mask Twitter bo‘yicha rejalarini oshkor qildi

Ilon Mask Twitter bo‘yicha rejalarini oshkor qildi

SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask yaqinda qo‘lga kiritgan Twitter bo‘yicha o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda The New York Times milliarderning investorlar uchun taqdimotiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mask 2028 yilgacha Twitter'ning yillik daromadini 26,4 milliard dollargacha oshirishni rejalashtirgan. 2021 yilda kompaniyaning daromadi 5 milliard dollarni tashkil etdi.

Tadbirkor bu ko‘rsatkichni besh barobardan ko‘proqqa oshirmoqchi. Shuningdek, Mask Twitter'ning reklama daromadiga bog‘liqligini kamaytirish niyatida ekani xabar qilingan. Bundan tashqari, uning fikricha, 2028 yilga borib ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 931 millionga yetadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!