Ikki nafar o‘zbekistonlik ayol Qozog‘iston fuqarosining tilla va pullarini aldab o‘zlashtirgani uchun qo‘lga olindi

Ikki nafar o‘zbekistonlik ayol Qozog‘iston fuqarosining tilla va pullarini aldab o‘zlashtirgani uchun qo‘lga olindi

Qozog‘iston fuqarosining tilla va pullarini aldab olgan ikki nafar o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi, deb xabar beradi Kazinform viloyad polisiya departamenti matbuot xizmatiga tayanib.

2022 yil 12 may kuni Turkiston viloyati, Qazig‘urt tumani IIBning 102 pultiga mahalliy fuqaro 2 nafar ayol aldab, ko‘z o‘ngida gipnoz usulida tillalarini olib ketganligi haqida shikoyat qiladi. Keksa ayolning so‘zlariga ko‘ra, uning uyiga boshqa millat vakillaridan ikki nafar ayol kelgan. Ular «uyingizda duo bor, tozalaymiz» degan bahona bilan jabrlanuvchini tozalamoqchi bo‘lib, bo‘ynidagi tilla taqinchoq, barmog‘idagi tilla uzuk va 100 000 dan ortiq pulini olib ketishgan. Ular ketishlari bilan ayol o‘ziga keldi va firibgarlarni qo‘lga olishga yordam berish uchun darhol polisiyani chaqirdi.

Tajribali polisiya xodimlari jabrlanuvchining aloһida belgilari bo‘yicha zudlik bilan surishtiruv ishlarini boshlab, barcha zarur choralarni ko‘rdi. Ular avtomobil haqida trassa bo‘ylab patrul polisiyasiga xabar berishgan. Shu tariqa, yo‘llarda patrullik qilayotgan Turkiston viloyati Patrul-post polisiyasi batalyonining 6 nafar vzvod xodimlari gumonlanuvchilar boshqaruvidagi «Lada Priora» rusumli avtomashinani payqashdi. Yarim soat yurib, mashinani topib, quvib to‘xtatdi. Mashinadagi ayollar polisiyani ko‘rib, qochishga harakat qilishdi.

Polisiya zudlik bilan barcha ayollarni hibsga oldi. Ikki gumonlanuvchidan firibgarlik yo‘li bilan olingan tilla va pullar daliliy ashyo sifatida olindi. Shuningdek, patrul polisiyasi qo‘lga olingan 5 nafar ayolni polisiyaga olib ketdi. Shaxslari tekshirilganda ular O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari ekani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qazig‘urt IIBda QR JKning 190-moddasi «Firibgarlik» moddasi bilan qayd etilgan bo‘lib, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hozirda 2 nafar ayol fuqaroni aldagani uchun qamoqda.

Polisiya ularning Turkiston viloyatidagi boshqa firibgarliklarga aloqadorligini tekshirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!