IKA va ISSA hamkorlik shartnomasini imzoladi

IKA va ISSA hamkorlik shartnomasini imzoladi

Ostona shahri mezbonlik qilayotgan 5-Dunyo ko‘chmanchilar o‘yinlariga ko‘plab nufuzli xalqaro sport tashkilotlari rahbarlari tashrif buyurgan.

Bugun Hilton mehmonxonasi konferens zalida Xalqaro Kurash assosiasiyasi va Islom birdamlik sport assosiasiyasi raxbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda IKA Prezidenti Haydar Farmon, IKA vise–Prezidenti Ziyoviddin Xodjiniyazov, IKA Administrasiyasi raxbari Mansur Mirzayev, ISSA Bosh kotibi Nasser Ayman MAJALI, Qozog‘iston Kurash federasiyasi vise–Prezidenti Andrey Borgens va Islom birdamlik sport assosiasiyasi xodimlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Xalqaro Kurash assosiasiyasi Prezidenti Haydar Farmon Kurash sportining rivojlanishi, barcha qit’aviy chempionatlar, hakamlar va murabbiylarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berdi.

Islom birdamlik sport assosiasiyasi Bosh kotibi Nasser Ayman MAJALI Kurash sporti haqida o‘zining ijobiy ta’surotlarga ega ekanligini, uning qoidalari islomiy qadriyatlarga mosligi e’tirof etdi. Halol bahosi Kurashda ham Islom dinida ham eng oliy baho ekanligini qayd etdi.

IKA Vise-Prezidenti Ziyoviddin Xodjiniyazov Islom birdamlik sport assosiasiyasi bilan ko‘pdan beri hamkorlikda ish olib borilayotganligini, kelgusida hamkorlik aloqalari keng qamrov kasb etishi qayd etib o‘tdi. Bu borada qo‘llab-quvvatlayotganligi uchun tashkilot rahbarlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Yig‘ilish davomida ikki tashkilot o‘rtasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ko‘plab Dasturlar bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ma’lumot uchun: Islom birdamlik sport assosiasiyasi Islom birdamlik o‘yinlarini boshqaruvchi oliy organ hisoblanadi. Uning vazifasi islom mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni sport orqali oshirishdan iboratdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!