Ijaraga berilgan darsliklarni yo‘qotgan o‘quvchilar jarima to‘laydimi?

Ijaraga berilgan darsliklarni yo‘qotgan o‘quvchilar jarima to‘laydimi?

- O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va bir qator hamkor tashkilotlarning 2014 yil 20 martdagi “Umumta’lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan nizomda bu haqda tushuntirish berilgan.

Unga ko‘ra, nizomning 51-bandida darsliklar yoki o‘quv metodik qo‘llanmalardan (O‘MQ) foydalanish usulidan qat’iy nazar, ular yo‘qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, o‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki o‘qituvchilar zararni xuddi shunday darslik yoki O‘MQlar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko‘rsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda to‘laydi:

1-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va (yoki) O‘MQlari uchun — uning bir baravari miqdorida;

2-4-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va (yoki) O‘MQlari uchun — uning ikki baravari miqdorida;

5-9-sinf o‘quvchilarining har bir darslik va (yoki) O‘MQlari uchun — uning to‘rt baravari miqdorida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!