Ichimlik suvi iste’molidan qarzdorlikni yo‘q qilib berishni va’da qilgan muhandis ushlandi

Ichimlik suvi iste’molidan qarzdorlikni yo‘q qilib berishni va’da qilgan muhandis ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “F.s.t. MCHJ Rishton tumani bo‘limi muhandisi G‘.J. tumandagi umumiy o‘rta-ta’lim maktabining suv ta’minotidan qarzdorligi mavjud bo‘lmasada, maktab direktori o‘rinbosari SH.S.ga qarzdorligi borligini aytib, ushbu qarzdorlikni yo‘q qilib berish evaziga 3,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!