IBM qariyb to‘rt ming xodimini qisqartirmoqda

IBM qariyb to‘rt ming xodimini qisqartirmoqda

Amerikaning International Business Machines (IBM) kompaniyasi shtatini 1,5 foizga qisqartirmoqda, bu taxminan 3,9 ming kishini tashkil etadi, deb yozmoqda Blumberg agentligi kompaniyaning moliyaviy direktori Jeyms Kavanoga tayanib.

"Qisqartirish taxminan 3 ming 900 kishiga tegishli bo‘ladi”, dedi Jeyms Kavano o‘z intervyusida. Uning ta’kidlashicha, bu tadbir kompaniya uchun taxminan 300 million dollarga tushadi.

Xabarda keltirilishicha, hozirda kompaniyada jami xodimlar soni 260 ming kishini tashkil etadi.

IBM shuningdek, o‘zining moliyaviy natijalarini ham e’lon qilgan. Yil yakunlariga ko‘ra, kompaniyaning sof daromadi uch yarim barobarga kamaygan, tushum esa aksincha, 5,5 foizga ortgan va 60,5 milliard dollarni tashkil etgan. To‘rtinchi choraklik yakunlariga ko‘ra, IBM ko‘rgan sof daromad 16,2 foizga o‘sib, 2,7 milliard dollarga yetgan, tushum esa biroz pasaygan va 16,7 milliard dollarni tashkil etgan.

International Business Machines – Amerika kompaniyasi bo‘lib, apparat va dasturiy ta’minotlar ishlab chiqaradi. Kompaniya 175 ta mamlakatda faoliyat olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!