Hozirgi karantin Moskva aholisi uchun yangilik emas

Hozirgi karantin Moskva aholisi uchun yangilik emas

Moskvada yashovchi ba’zi keksa odamlar uchun koronavirus sabab joriy qilingan karantin yangilik emas – ular oltmish yil avval Sovet Ittifoqi davrida tarqalgan chechak kasalligi paytida ham bunday vaziyatni boshdan kechirgan.

1960 yilda sodir bo‘lgan ushbu inqiroz hozirgi davrga qaraganda ancha keskinroq bo‘lgan. Moskvaning boshqa hududlar bilan temir yo‘l, avtomobil va havo aloqalari qisman to‘xtatilgan va kasallangan odam bilan aloqa qilgan har bir kishi kuzatuvga olingan va karantindan o‘tkazilgan.

«Moskvada zudlik bilan maxsus shtab tashkil etildi va u kasallangan odamlarni izlab topishga buyruq berdi. Minglab odamlar izolyasiyaga olindi. Ular poyezdlardan tushirildi, chet elga ketganlar qaytarildi», deydi o‘sha paytda laboratoriya ishchisi bo‘lgan 90 yoshli Viktor Zuyev.

Chechak, -bu o‘ta yuqumli kasallik bo‘lib, uning o‘lim darajasi 30% ni tashkil qiladi. Sovet Ittifoqi u 1936 yilda mamlakatda rasman yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Ammo, 1959 yilning oxirgi kunlarida Hindistondan Moskvaga qaytgan sayohatchi bu kasallikni yuqtirib olgan edi.

Chechakni olib kelgan sayohatchining kuyovi Vladimir Petrosyan o‘sha davrni shunday xotirlaydi.

«Kasalxonaning zali juda katta edi. Polisiya kasalxonani o‘rab olgan edi.” U ham kasallangandan so‘ng ikki oy karantinda da’volangan.

“Matbuotda ham, radioda ham kasallik haqida hech qanday e’lon berilmadi. Har doimgidek, hukumat odamlarni xabarsiz qoldirdi. Shunday qilib, Moskva atrofida biri biridan qo‘rqinchliroq bo‘lgan mish-mishlar tarqaldi”, – deb yozgan Moskvadagi Botkina nomli kasalxonasida ishlagan shifokor Vladimir Golyaxovskiy 2006 yilda.

Hozirgacha Moskvada rasman 5,181 kishi koronavirusni yuqtirib olgani aytilgan. Ammo, internetda xabar qilinmagan holatlar haqida mish-mishlar tarqalib ketdi, bu esa rasmiylarni yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun jazo choralarini qo‘llashga undadi.

1960 yilda Moskvadagi hayot odatdagidek davom etgan bo‘lsa, bu safar shahar hokimi Sergey Sobyanin qat’iy karantin joriy etib, kafelar va barlarni yopib, aholiga uyda qolishni aytdi.

Petrosyan va Zuyevning aytishicha, Moskvaning koronavirus bilan kurashish usuli bemorlar va virusni yuqtirganlikda shubha qilinganlarni izolyasiya qilishga e’tibor qaratmoqda va bu 1960 yilda qilingan harakatlarni yodga solmoqda.

Ammo bu ikki holatning bitta muhim farqi bor: chechakka qarshi vaksina mavjud edi, ammo COVID-19 ga qarshi hali birorta vaksina yo‘q.

1960 yilda Moskvada tarqalgan chechak kasalligi uch kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya poytaxtida koronavirusning tarqalishi hozirgacha 31 kishining o‘limiga olib keldi va bu ko‘rsatkich kun sayin ortib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!