Hindistonlik mutaxassis nima uchun koronavirus juda tez tarqalayotgani sababini topdi

Hindistonlik mutaxassis nima uchun koronavirus juda tez tarqalayotgani sababini topdi

Hindiston Milliy texnologiya institutining katta tibbiy maslahatchisi Madan Gopal  koronavirusning tez tarqayotgani borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlarning xatti-harakatlari bilan bog‘liq. Aholisi zich joylashgan mamlakatlarda yovvoyi hayvonlarni iste’mol qilinadi hamda ulardan an’anaviy tibbiyot reseptlari asosida dori-darmonlar tayyorlanadi. Shu tariqa yovvoyi hayvonlar bilan munosabat yuzaga keladi.

Koronaviruslar oilasi zootikdir, ya’ni guruhning barcha “vakillari“ hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin. Shu bois har qanday tirik mavjudotlar infeksiya tashuvchisi bo‘lishi mumkin. Bu esa vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Bunday sharoitda esa nafaqat odamlarni, balki ularning uy hayvonlarini ham davolash kerak bo‘ladi.

Koronaviruslar umumiy shamollash bilan birga og‘ir ko‘rinishdagi holatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Bularning barchasi virusning o‘ziga xos turiga va inson immunitetiga bog‘liqdir.

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi tasdiqlagan ma’lumotga ko‘ra mamlakatda  koronavirusni yuqtirganlar soni 40,171 kishini tashkil etadi. Mamlakat tashqarisida esa infeksiya bilan bog‘liq 558 holat qayd etilgan. Kasallik tufayli 910 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Vafot etganlarning 908 nafari Xitoy fuqarolaridir. Shuningdek, Gongkong va Filippinning bir nafardan fuqarosi hayotdan ko‘z yumgan.

Hozigacha mazkur kasallik Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vyetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvesiya, Shri-Lanka, Kambodja, Nepal, Ispaniya, Shimoliy Koreya, Ukraina mamlakatlari fuqarolarida aniqlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!