Hindiston ham harakatda: Agni-II ballistik raketasi sinovdan o‘tkazildi

Hindiston ham harakatda: Agni-II ballistik raketasi sinovdan o‘tkazildi

Hindistonda 16 noyabr kuni o‘rta radiusli Agni-II ballistik raketasi sinovdan o‘tkazildi. Ushbu ma’lumotni mamlakat strategik qo‘mondonligi kuchlari tasdiqlagan, deya xabar qildi «Interfaks».

Yadro jangovar zaryadini bera oladigan va ikki ming kilometr uzoqlikdagi nishonni ura oladigan raketa Hindiston sharqidagi Orissa shtati hududida joylashgan Abdul Kalam orolida test qilindi.

Qo‘mondonlik axboroti bo‘yicha Agni-II o‘quv nishonini yuqori aniqlikda ishg‘ol etgan.

Hindiston strategik qo‘mondonligi kuchlari ixtiyorida 700—3,5 ming kilometrdan dushmanga zarba bera oladigan Agni-1 dan Agni-4 gacha bo‘lgan ballistik raketalar mavjud.

Hindiston 5 – 5,5 ming kilometr radiusdagi nishonga zarba beruvchi Agni-5 ballistik raketasini ham sinovdan o‘tkazmoqda. Agni-5 ning birinchi testi 2012 yil 19 aprelda o‘tkazilgan. Keyingi sinovlar ham muvaffaqiyatli kechgan. Yaqin kelajakda Agni-5 ham qo‘mondonlik ixtiyoriga topshiriladi.

8 noyabrda Hindiston mudofaa yo‘nalishidagi izlanishlar va tadqiqotlar tashkiloti (DRDO) suv osti kemalari uchun K-4 ballistik raketalarini sinovdan o‘tkazgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!