Hindiston aholisida o‘limga olib keluvchi - nipah virusi aniqlanmoqda

Hindiston aholisida o‘limga olib keluvchi - nipah virusi aniqlanmoqda

Viloyat sog‘liqni saqlash vaziri Vina Jorjning so‘zlariga ko‘ra, o‘limga olib keluvchi virus belgilari Hindistonning Kerala shtatida birdaniga 11 kishida aniqlandi.
Qayd etilishicha, Keralada nipah virusiga chalingan 12 yoshli bola vafot etdi.
Bu voqeadan so‘ng, shtat shifokorlari bola bilan muloqot qilgan kishilarni tekshirishni boshladilar. Hozirda Kojikode tibbiyot kolleji va shifoxonasida 38 kishi karantinga olindi.

Ulardan 11 nafari virus sabab bo‘lgan kasallikning alomatlari kuzatilmoqda. Shu bilan birga, barcha bemorlarning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
Hindiston SSV epidemiologik nazoratni kuchaytirish haqida ko‘rsatma berdi.
Nipah virusi mevaxo‘r ko‘rshapalar orqali tarqalishi ma’lum. Virus hayvonlarning so‘lagi tekkan mevalarni iste’mol qilgan odamlarga yuqadi.
Nipax virusi Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan eng xavfli viruslardan biri sifatida e’tirof etilgan. U odamlarga hayvonlardan o‘tadi, shuningdek, kasal odamdan boshqalarga ham yuqadi.
Unga qarshi dori ham, vaksina ham yo‘q, virus keltirib chiqaradigan kasallikdan o‘lim darajasi 40-75% oralig‘ida.
Avvalroq, Hindiston hukumati kasallik to‘rtta tarqalishi haqida xabar bergandi. Ular 2001, 2007, 2018 va 2019 yillarda Hindiston ikki shtatida kuzatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!