Hasanboy Do‘smatov IBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi!

Hasanboy Do‘smatov IBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi!

Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida boks bo‘yicha "IBA Chempionlar oqshomi" musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.

Oqshomning markaziy jangi eng yengil vazn toifasidagi hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov hamda Ispaniya vakili Samuel Karmona o‘rtasida kechdi.

10 raund etib belgilangan mazkur jang to‘liq davom etdi va unda hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alaba orqali Hasanboy Do‘smatov eng yengil vazn toifasida IBA Jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!