Guliston shahrida nasos stansiyasining uch nafar xodimi noma’lum moddadan zaharlandi, bir kishi halok bo‘ldi

Guliston shahrida nasos stansiyasining uch nafar xodimi noma’lum moddadan zaharlandi, bir kishi halok bo‘ldi

"O‘zsuvta’minot" AJ hodisa yuzasidan ma’lumot berdi. Bu haqida UzNews nashri yozmoqda.

"O‘zsuvta’minot" AJ xabariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati Guliston shahri “Bog‘ishamol” MFY Guliston ko‘chasida joylashgan 5-oqova suv haydash nasos stansiyasidan soat 10:00da viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tezkor murojaat kelib tushgan. Unga ko‘ra, mazkur ob’ektda “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Guliston shahar filialining 3 nafar xodimlarida noma’lum zaharlanish holati kuzatilgani va ahvoli og‘irlashgani haqida xabar berilgan.

Viloyat suv ta’minoti korxonasi mas’ullari, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli huquq-tartibot idoralari mas’ullaridan tashkil etilgan tezkor guruh o‘rganishlari natijasida hozirda xodim H.I. vafot etgan. Qolgan ikki nafar xodim Z.B. hamda X.A. viloyat kasalxonasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan bo‘lib, shifokorlar tomonidan ahvoli o‘ta og‘irligi qayd etilmoqda.

Holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!