Google tez orada Android’dan voz kechishi mumkin

Google tez orada Android’dan voz kechishi mumkin

Qidiruv giganti yaqinda o‘zining Google Pixel 3 va Pixel 3 XL smartfonlarini rasman taqdim etganidan xabaringiz bor. Kuzatuvchilar bir narsani payqashgan: ushbu namoyishda «Android» so‘zi biror marta ham tilga olinmagan.

O‘tgan o‘n yil mobaynida Google kompaniyasi ilk bora o‘zining taqdimot marosimida Android operasion tizimini bir marta ham qo‘llamadi. Holbuki, 2016 yili ilk Google Pixel va Pixel XL smartfonlari namoyishida, u «Android» so‘zini naq 8 marta qo‘llagan. Shunga qaraganda, kompaniya mazkur brenddan voz kechishni ko‘zlayotgan bo‘lishi mumkin.

Google reklama bo‘limining bir xodimi ta’kidlashicha, Android brendi kam samara bergan. Insayderlarga ko‘ra, kompaniya Android brendini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqayotir. Ammo jamoada bu qarorga qarshi chiquvchi yetakchilar ham yetarlicha topiladi.

Qidiruv gigantining o‘zi bu borada biror rasmiy izoh bermagan. Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating.

Manba: terabayt. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!