GMO-kartoshka yaratgan shaxs endi uning odamlar salomatligiga ta’siridan xavotirda

A A A
GMO-kartoshka yaratgan shaxs endi uning odamlar salomatligiga ta’siridan xavotirda

Kayus Rommens 2000 yildan 2013 yilgacha “Simplot Plant Sciences” zavodida tadqiqotlar bo‘yicha direktor davozimida faoliyat yuritgan va geni o‘zgartirilgan kartoshka yaratish bo‘yicha loyihaga boshchilik qilgan. Biroq vaqt o‘tgach, Rommensda o‘z ishi borasida jiddiy shubha paydo bo‘ldi va u AQShning 4000 ta supermarketida sotilayotgan GMO-kartoshkani iste’mol qilish odamlar sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishidan xavotir ola boshladi.

"NewsStreet" Kayus Rommens bilan uning GMO-kartoshka ishlab chiqarish borasidagi faoliyati va u bilan bog‘liq xavotirlari haqida suhbatlashdi.

"NewsStreet": Marhamat qilib GMO-kartoshkalar ishlab chiqarish borasidagi ish faoliyatingiz va “Simplot”dagi lavozimingiz haqida ma’lumot bersangiz.

Kayus Rommens: Men “Simplot”da mustaqil biotexnologik ish olib borish maqsadida, “Monsanto”dagi rahbarlik lavozimimdan voz kechdim. 12 yil davomida ishlab, genetik modifikasiya qilingan kartoshka navini yaratdim. Fikrimcha, bunday kartoshka chidamliroq bo‘lib, undan oddiy kartoshkaga nisbatan bo‘yoqsiz va kanserogenlari kam bo‘lgan fri kartoshkalarini ishlab chiqarishda foydalanish mumkin edi.

NS: Kitobingizda yozilishicha, “Simplot” GMO-kartoshkalarining asosiy genetik muhandisligi RNAi deb nomlanuvchi genlarni sustlashtirishdan iborat. Buning natijasida kelib chiquvchi salbiy oqibatlardan birini aytib o‘tsangiz.

K.R.: Faoliyatini to‘xtatish genlar uchun g‘ayritabiiy xususiyat emas. Sustlashtirilgan genga o‘xshash tuzilishga ega istalgan gen ham sustlashtirilishi mumkin. Hatto GMO kartoshkalar ichida sodir bo‘luvchi “genlar sukunati”ning ushbu kartoshkani iste’mol qilgan hayvonlar geniga ham ta’sir ko‘rsatish ehtimoli bor. Arilarning GMO-kartoshkalar iste’mol qilmasligi meni ko‘proq xavotirga solmoqda. Biroq ular shunday kartoshkalar changlaridan o‘z lichinkalarini oziqlantirishda foydalanishi mumkin. Mavzuga oid adabiyotlardagi ma’lumotlarni tahlil qilib aytishim mumkinki, menimcha, changchilarda ham bu “sustlashtiruvchilar” faol holda bo‘ladi.

NS: Gapingizga qaraganda, RRO (polifenoloksidaza – kartoshkaning qorayishiga javob beruvchi gen) GMO-kartoshkada to‘planuvchi zaharli moddalarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Nima uchun bunday zaharli moddalar ishlab chiqariladi va ular inson sog‘lig‘iga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

K.R.: Sobiq hamkasblarimning ko‘rsatishicha, RRO sustlashtirilishi alfa-aminoadipat miqdorini taxminan olti barobar oshiradi. Alfa-aminoadipat neyrotoksin bo‘lib, shuningdek, u turli kasalliklar bilan bog‘liq glikoksidasiyaning yaxshilangan mahsulotini ishlab chiqarish uchun qand bilan ta’sirga kirishishi mumkin. (Aniqlanishicha, “Monsanto GM”da ishlab chiqarilgan makkajo‘xorining LY038 turida alfa-aminoadipat konsentrasiyasi yuqori darajada bo‘lib, uni 2009 yilda Yevropada tasdiqlash uchun taqdim etilgan talabnoma tegishli organlar tomonidan xavfsizlik masalalari ko‘tarilganidan so‘ng bekor qilindi).

NS: GM-kartoshkasidagi muammolar boshqa GM-o‘simliklarda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolarga o‘xshash bo‘ladi, deb o‘ylaysizmi?

K.R.: Fikrimcha, genetik muhandislar taxminlarga asoslangan va cheklangandir. Ehtimol, ular o‘z ijodlarini tanqidiy baholay olmaydilar. Xuddi shu kabi, sobiq hamkasblarimning ko‘rsatishicha, shikastlangan va lat yegan kartoshka to‘qimalarida yuqori darajada tiramin va boshqa zaharli moddalar to‘planishi mumkin. Kartoshkaning bunday zararlangan qismi odatda kesib tashlanadi, biroq ularning ko‘pi yashirin ko‘rinishda bo‘lgani uchun olib tashlanmaydi. Zararli moddalardan yana biri chakonin-malonindir. Bu birikma haqida ma’lumotlar kam, biroq sobiq hamkasblarimning ko‘rsatishicha, RRO bloklangan vaqtda uning miqdori 200 foizga ortadi. Bu, albatta, tekshirilishi lozim.

NS: Bir kitobingizda yozganingizdek, GM-kartoshkalarda ko‘karishning oldi olmaydi, balki u shunchaki yashiriladi, xolos. Shu haqda to‘xtalib o‘tsangiz.

K.R.: RRO blokirovka qilinishi ko‘karishlar qorayishining oldini oladi. Ushbu alomatlarni yashirish xususiyati shu darajada yuqoriki, biz kartoshka ko‘karishi muammosidan xalos bo‘ldik, deb o‘ylagan edik. GM-kartoshkalar ham ko‘karishi mumkinligini anglab yetishim uchun ko‘p vaqt ketdi – ular shunchaki ko‘rinmas tus olgan edi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu ko‘rinmas ko‘karishlar hamon pantogen va suv kirish nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa uni saqlash borasidagi ikki muhim muammolardan sanaladi.

NS: “Simplot” kartoshka ko‘karishining oldini olish chorasi haqida bergan bayonotiga qo‘shimcha qilishicha, tabiiy kartoshka “kech paydo bo‘lgan pantogen dog‘”ga qarshi himoya vazifasini o‘taydi. Sizning bu fikrga munosabatingiz qanday?

K.R.: GM-kartoshkada haqiqatan ham chidamli gen bo‘lib, u fitoftorozdan himoya qiladi. Muammo shundaki, bu himoya qancha davom etishini hech kim bilmaydi. Seleksiyachilar bir necha genlarni sinovdan o‘tkazdilar va bu genlar deyarli doim tez rivojlanuvchi genlarga qarshi chiqqan.

Yana bir muammo shundan iboratki, chirish dog‘lari odatda boshqa pantogenlar orqali sodir bo‘ladi. Dunyoning nam o‘lkalarida o‘nlab boshqa pantogenlar mavjud bo‘lib, chirish darajasi yuqori hisoblanadi. Shunday qilib, masalan, Bangladeshda yagona qarshilik geniga ega GM-kartoshka, bu – bir tropik kasallikka qarshi emlash degani, so‘ngra u ko‘plab kasalliklar mavjud bo‘lgan boshqa tropiklarga yuboriladi.

So‘ng asparagin darajasini kamaytirish frityurdagi akrilamid miqdorini kamaytiradi, biroq bu daraja oddiy kartoshkada ham juda past ko‘rsatkichda bo‘ladi. “Simplot”ning ta’kidlashicha, akrilamid miqdorining kamaytirilishi kanserogenlik darajasini pasaytiradi. Ammo men oddiy kartoshka kanserogen ekanligini ko‘rsatuvchi biror ishonchli izlanishni ko‘rmadim.

NS: Kitobingizning nomi – "Pandora kartoshkasi" (“Pandora's Potatoes”). Unga bunday nom tanlashga nima turtki bo‘ldi?

K.R.: “Simplot”dan ketganidan so‘ng besh yil davomida shuni tushunib yetdimki, modifikasiyalarim kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini e’tiborga oladigan darajada talabchan bo‘lmadim. Keyin men avvalgi ishim bilan bog‘liq adabiyotlarni o‘rganib chiqdim va ilgari ilg‘amagan muammolarni angladim. Mening GM-kartoshkalarimda xuddi Pandora qutisi kabi “yashirin” muammolar bor edi, .

NS: Nima deb o‘ylaysiz, ushbu GM-kartoshkalarni nima qilish lozim?

K.R.: Menimcha, qisqa muddatlarda iste’mol bozoriga kiradigan GM-kartoshkalar yashirin ko‘karish va infeksiyalarga qarshi tekshirilishi, shuningdek, undagi alfa-aminodipat va tiramin kabi toksinlar darajasi aniqlanishi lozim.

Manba: turon24. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

“Dushmaning xato qilayotganida, unga aslo xalaqit berma”

The Economist Хитой Вашингтоннинг Яқин Шарқдаги ҳаракатларини шунчаки четдан кузатаётганини ёзган

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Eron Tel-Avivga hujumlarni kuchaytirish bilan tahdid qilmoqda

Бу ҳақда Эрон Қуролли Кучлари Бош штаби баёнотида айтилган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.