G‘azoda ommaviy evakuasiya: Isroil «xavfsiz zonalarni» tark etishni talab qilmoqda

G‘azoda ommaviy evakuasiya: Isroil «xavfsiz zonalarni» tark etishni talab qilmoqda

Isroil harbiylari G‘azo shimolidagi bir qancha hududlarda boradigan joyi yo‘q o‘n minglab falastinliklarga ehtimoliy harbiy bosqin oldidan qochishga buyruq berib, yangi ultimatum qo‘ydi.

Harbiylar G‘azo shimoli-g‘arbidagi falastinliklarga G‘azo shahri g‘arbidagi «xavfsiz uylarga» qochishni buyurib, ularni «xavfsiz hudud» deb atadi.

G‘azodagi 10 oylik urush davomida Isroil bir necha bor xavfsiz hududlarga ommaviy evakuasiya qilishni buyurdi va bu yordam operasiyalariga to‘sqinlik qildi, dedi BMT rasmiysi. O‘tgan oyning o‘zida u 250 ming kishini evakuasiya qilish bo‘yicha 12 ta buyruq chiqardi.

❕ Inson huquqlari guruhlari va xalqaro kuzatuvchilar ommaviy iztiroblarga sabab bo‘lgan bu buyruqlarning g‘ayriinsoniyligini qoralaydi. Bundan tashqari, falastinliklar «xavfsiz zonalar»ga ketayotib, hatto bu zonalarga yetib kelganidan keyin ham Isroil tomonidan tez-tez hujumga uchraydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!