“Forbes” jurnali 2019 yilning eng ko‘p haq olgan musiqachilari reytingini e’lon qildi

“Forbes” jurnali 2019 yilning eng ko‘p haq olgan musiqachilari reytingini e’lon qildi

“Forbes” jurnali yilning eng yaxshi daromad topuvchi musiqachilar ro‘yxatini e’lon qildi. Birinchi o‘rinni qo‘shiqchi Teylor Svift egalladi, uning yillik daromadi 185 million dollarni tashkil etadi.

Ushbu reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan Kanye Ues 150 million dollar ishlab topgan.

Etakchi uchlikni yillik daromadi 110 million dollar bo‘lgan britaniyalik pop qo‘shiqchisi, Gremmi mukofoti sovrindori Ed Shiran egalladi.

“The Eagles”  rok guruhi 100 million dollar to‘rtinchi qatorni band etgan bo‘lsa, tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli musiqachilar beshligiga Elton Jon 84 million dollar bilan yakun yasadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!