Fojia: Qashqadaryoda 2 nafar Surxondaryo fuqarosi halok bo‘ldi

Fojia: Qashqadaryoda 2 nafar Surxondaryo fuqarosi halok bo‘ldi

Qashqadaryoda 2 nafar Surxondaryo fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB YHXB xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Surxondaryo viloyati, Denov tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi "Cobalt" rusumli avtomashinasida Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani hududidan o‘tuvchi M 39 avtomobil yo‘lining 1306-km.da halokatga uchragan. Fojiaga yuqori tezlik sabab bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan. Natijada 2 nafar yo‘lovchi vafot etib, qolganlari shifoxonaga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!