Floyd Meyvezer Amerikadagi eng baland binoni sotib olmoqchi

Floyd Meyvezer Amerikadagi eng baland binoni sotib olmoqchi

Boks bo‘yicha sobiq jahon yetakchisi Floyd Meyvezer to‘qqizta osmono‘par binoga, jumladan Amerikadagi eng baland tijorat binosiga egalik qilishini da’vo qilmoqda.

Bu haqda The Sun sobiq bokschining WBC'ning Meksikadagi kongressi ishtirokchilari bilan suhbatiga tayanib yozadi.

Hozirda «Money» laqabli 44 yoshli Floyd faoliyati davomida boks va ko‘chmas mulk investisiyalaridan taxminan 1 milliard dollar ishlab topgan.

«Pul masalasi bo‘yicha menda hammasi ajoyib. Amerikadagi eng baland tijorat binolaridan biri menga tegishli. Agar imkoningiz bo‘lsa, Nyu-Yorkka boring va tekshirib ko‘ring. Bu menga tegishli to‘qqizinchi osmono‘par bino».

Ma’lum bo‘lishicha, Meyvezer Manxettenning Midtaun shahridagi 93 qavatli osmono‘par bino - «One Vanderbilt»da ulushga ega. Umumiy qiymati 3,31 milliard dollar bo‘lgan bino uch yillik qurilishdan so‘ng 2020 yilda ochilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!