Firibgarlarga aldanib qolmang!

Firibgarlarga aldanib qolmang!

Firibgarlar tomonidan "Iwash Tashkent" nomi bilan tanilgan avtobloger Otabek Jo‘rayevning videotasvirini maxsus dastur yordamida soxtalashtirish yo‘li orqali Internet foydalanuvchilariga tez fursat ichida mo‘may daromad olishni va’da qilib, virtual firibgarlik bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar tarqatayotgan xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz.

Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun, IIV TQD Kiberxavfsizlik markazining https://www.fake.cyber102.uz veb platformasi orqali sahifani (havolani) haqiqiy yoki soxta (feyk) ekanligini aniqlab olishingizni tavsiya etamiz!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!