Filippindagi noqulay ob-havo tufayli 16 kishi halok bo‘ldi

Filippindagi noqulay ob-havo tufayli 16 kishi halok bo‘ldi

Filippin poytaxti Manila shahrida favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar bermoqda.

"Manila shahar kengashi 24 iyul, chorshanba kuni "Gayemi" to‘foni sabab yomg‘irlar Filippin poytaxtining turli hududlarida suv toshqinlariga olib kelgani sababli poytaxt mintaqasida rasman favqulodda holat e’lon qildi", — deya xabar bermoqda “Sinxua”.

Xitoy matbuotiga ko‘ra, keng ko‘lamli suv toshqini hukumatni Manila ko‘rfazi va daryo bo‘yidagi aholini xavfsiz joylarga evakuasiya qilishga, maktab va idoralarni yopishga majbur qilgan.

DW nashri ma’lumotlariga ko‘ra, to‘fon 16 kishining hayotiga zomin bo‘lgan. Manilada suv sathi ba’zi joylarda bir metrga yetdi.

Filippinning turli mintaqalarida jabrlangan 770 mingga yaqin kishi hukumatdan moliyaviy yordam oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!