Filippinda harbiy samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Filippinda harbiy samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

Filippin janubi-g‘arbida harbiy samolyot halokatga uchradi. Buning oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy “Inquirer” portali qilmoqda, deya yozadi RIA Novosti.

Mamlakat mudofaa vaziri Delfin Lorenzananing so‘zlariga ko‘ra, samolyot bortida 92 kishi, jumladan, uch nafar uchuvchi va 5 nafar ekipajning boshqa a’zolari bo‘lgan.

S-130 samolyoti Sulu viloyatidagi Xolo oroliga qo‘nishga urinish chog‘ida qulab tushdi. Filippion Qurolli kuchlari shtabi boshlig‘i general Sirilito Sobexananing ma’lum qilishicha, havo kemasi uchish-qo‘nish yo‘lagiga tusha olmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!