Farg‘onada yuz bergan YTH oqibatida Spark yonib ketdi (VIDEO)

Farg‘onada yuz bergan YTH oqibatida Spark yonib ketdi (VIDEO)

Qo‘qon shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Spark avtomobili yonib ketdi. Avtomobilning old qismi yonayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Hodisa guvohlarining ma’lum qilishicha, 7 fevral kuni soat 22:30 larda Nexia avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan Sparkda yong‘in kelib chiqqan.

Viloyat IIB matbuot xizmatining yozishicha, hodisa joriy yil 7 fevral kuni soat 21:00 larda yuz bergan. 24 yoshli A.R. boshqaruvidagi Spark avtomashinasi Qo‘qon shahar Turkiston va G‘ishtko‘prik ko‘chalari chorrahasida o‘ziga nisbatan yo‘lning o‘ng tomonidan harakatlanib kelayotgan 37 yoshli A.X. boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashib ketgan. Spark avtomashinasining old qismi Nexia’ga urilgan va qisqa tutashuv natijasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kim jarohat olmagan va shifoxonaga murojaat qilmagan.

Hozirda Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!