Farg‘onada paxta yog‘i ichidan sovun chiqdi

Farg‘onada paxta yog‘i ichidan sovun chiqdi

Farg‘ona viloyati davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi Marg‘ilon shahrida plastik idishlarda qadoqlangan “Antiqa olam” paxta yog‘i tarkibida sovun qoldig‘i mavjudligi, shuningdek, kislota miqdori ham me’yordan ortiqligini aniqladi

Paxta yog‘i yorlig‘i O‘zDSt 816:2015 davlat standartining 5.3.1 bandi talablariga nomuvofiq bo‘lib, barcha yoritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar to‘liq yoritilmagan. Mahsulot miqdori, me’yoriy hujjat belgisi (O‘zDSt 816:2015) yorliqlarda ko‘rsatilmagan, mahsulotning energetik qiymatlari noto‘g‘ri yozilgan.

“Antiqa olam” o‘simlik yog‘ini ishlab chiqaruvchisi “Shaxriyor Yelyor” oilaviy korxonasi rahbari Shahriyor Doniyorovning aytishicha, bu sifatsiz mahsulotlarni kimdir ulrning brendidan foydalanib, tayyorlamoqda. Bu haqda 15 kun avval Buxoro viloyati iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga ariza bilan murojaat qilingan. Bitta shunday 5 litrli yog‘ qadoqlanadigan yashirin sex topilgan. Yana bir firibgar tadbirkor Navoiy viloyatiga xuddi shunday yog‘ qadoqlab jo‘natibgan.

Hozir mazkur holatni Buxoro viloyati iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti o‘rganmoqda.

Sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!