Farg‘onada fojia: 6 yashar qizaloq kasalxonada jon berdi

Farg‘onada fojia: 6 yashar qizaloq kasalxonada jon berdi

Joriy yilning 9 sentyabr kuni soat 13:25 larda, Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, Yuksalish MFY, Islomobod ko‘chasida joylashgan 163-uy oldida haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan N.Q. “Gaz-53” rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, yo‘lning qatnov qismiga yugurib chiqqan piyoda, voyaga yetmagan, 2014 yilda tug‘ilgan M.O.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, 6 yashar M.O. tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!