Falastinlik mahbuslar Isroil armiyasi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan

Falastinlik mahbuslar Isroil armiyasi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan

Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligi isroillik harbiylar tomonidan falastinlik mahbuslarga jinsiy zo‘ravonlik qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

“Erkaklar ham, ayollar ham hibsda bo‘lgan paytlarida jinsiy zo‘ravonlik va ta’qibga uchraganliklari haqida xabar berishdi. Mahbuslar yechinishga majburlanib, so‘ngra kaltaklangan. Elektr zondga o‘tirishga majburlanganlar haqida ham xabar berilgan”,

BMT hisobotida, hibsga olingan ayollar psixologik zo‘ravonlikni boshidan o‘tkazgan.

“Ular askarlardan yuzimga tupurishni so‘rashdi. Meni yengiltak deb atashdi. Muttasil kaltaklashdi va jinsiy a’zolarimizga qalampir sepish bilan tahdid qilishdi”, — degan 34 yoshli ayol.

BMT mahbuslarga jinsiy zo‘ravonlik qilinishi yuzasidan Isroilga ogohlantirish yuborgan. Isroil rasmiylari ayblovni rad etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!