Falastin tarafdorlari Netanyaxuning Kongressdagi nutqiga qarshi Vashingtonda miting o‘tkazdi

Falastin tarafdorlari Netanyaxuning Kongressdagi nutqiga qarshi Vashingtonda miting o‘tkazdi

Vashingtonda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning AQSh Kongressidagi nutqiga qarshi olomon miting boshladi.

Mahalliy polisiyaning xabar berishicha, mitingda 50 mingga yaqin odam qatnashishi mumkin. Shu sababli, Nyu-Yorkdan 200 ga yaqin odam mahalliy polisiyaga yordam berish uchun kelgan.

Miting tashkilotchilari Kapitoliy yaqinidagi Pensilvaniya avenyusida sahna o‘rnatishdi. Yig‘ilganlar qo‘llarida Falastin bayroqlari va Netanyaxuning hibsga olinishini talab qilgan shiorlar ko‘targan. Kelganlar, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishni talab qilmoqda.

Tashrif davomida Netanyaxu AQSh prezidenti Jo Bayden va vise-prezident Kamala Xarris bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda. Juma kuni esa u Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp bilan uchrashishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!