EXHT vakili saylov haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi

EXHT vakili saylov haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi

EXHTning maxsus koordinatori Reynxold Lopatka O‘zbekistondagi saylov jarayonining yaxshilanganini qayd etdi. «Sizlar to‘g‘ri. yo‘ldasizlar, lekin bu oxirgi qadam emas, navbatdagi qadamlarni ham qo‘yish kerak», — dedi u.

Shu bilan birga, u ayrim kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tdi.

«[Saylov uchastkalaridan birida] bir kishining saylov qutisiga ikkita byulleten tashlaganini ko‘rdim, nega bunday qilganligini bilmayman», — deya ta’kidladi u.

Reynxold Lopatkaning fikriga ko‘ra, saylov kampaniyalari davomida prezidentlikka nomzodlarning mulohazalarida katta farqlar kuzatilmagan.

«Avstriyada nomzodlar o‘rtasida raqobat va kurash ancha kuchliroq. Garchi siz saylangan prezident bo‘lsangiz ham, boshqa nomzodlar kampaniya davomida siz haqingizda tanqidiy fikrlar bilidirishi mumkin. Bu mening yurtim va O‘zbekiston o‘rtasidagi katta farq», — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!