Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi aniq bo‘ldi

 Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi aniq bo‘ldi

«Borussiya» forvardi Erling Holand Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga topshiriladigan Golden Boy-2020 sovriniga ega chiqdi.

Italiyaning TuttoSport nashri tomonidan mukofotlanadigan ushbu nominasiyasida Holand Skandinaviya mamlakatlari orasidan bu sovringa ega chiqqan ilk futbolchiga aylandi. Norvegiyalik 20 yoshli goleador sovrin uchun kurashda «Barselona» hujumchisi Ansu Fatini ortda qoldirdi.

Fati internet orqali o‘tkazilgan so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plagani uchun Web Golden Boy mukofotiga ega chiqadi. 

Ma’lumot uchun, 2019 yilda ushbu sovrin «Atletiko» va Portugaliya milliy jamoasi forvardi Joau Felishga nasib qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!