Evroittifoq Afg‘onistonda qancha odam gumanitar yordamga muhtoj ekanini ma’lum qildi

Evroittifoq Afg‘onistonda qancha odam gumanitar yordamga muhtoj ekanini ma’lum qildi

Afg‘onistonning qariyb yarim aholisi — 18 million kishi gumanitar yordamga muhtoj, taxminan 4 million kishi ichki qochqinlarga aylangan. Kecha Yevroparlamentning rivojlanish bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Tomas Tobe Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatga baho berar ekan, ushbu raqamlarni keltirib o‘tdi.
«Afg‘onistonda yuz bergan qurg‘oqchilik, COVID-19 pandemiyasi va jangovar harakatlar natijasida mamlakatning qariyb yarim aholisi gumanitar yordamga muhtoj, qariyb 4 million kishi yashash joyini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan, ya’ni ichki qochqinlarga aylangan», — deya ta’kidladi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!