Etna vulqoni yana faollashdi

Etna vulqoni yana faollashdi

Etna vulqoni yana faollashdi.

Vulqon etagida joylashgan Kataniya xalqaro aeroporti parvozlar sonini soatiga oltitagacha cheklab qo‘ydi. Vulqon otilishidan hosil bo‘layotgan tutun ustuni bir necha kilometrga cho‘zilgan. Giarre shahri meri baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida yo‘llarda transport vositalari tezligini kamaytirishga buyruq bergan.

Etna Italiya janubidagi Sisiliya orolining sharqiy sohilida joylashgan bo‘lib, Yevropadagi faol va yirik vulqonlardan biri hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!