Eshitish qobiliyati cheklanganlar uchun maxsus alifbo chop etildi

Eshitish qobiliyati cheklanganlar uchun maxsus alifbo chop etildi

Eshitish qobiliyati cheklanganlar uchun uchun maxsus alifbo deb nomlangan mazkur kitob Turkiya Din ishlari bo‘yicha boshqarmasi ruxsati bilan nashrga tayyorlanib chop etilgan. Kitob Qur’oni karimdan eshitish qobiliyati cheklanganlarga dars beruvchi o‘qituvchilar va shunday nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarga mo‘ljallangan, deb xabar beradi Sabah gazetasi.

Ma’lum bo‘lishicha, yangi alifbo juda ham puxta ishlangan eng so‘nggi variant hisoblanadi. Unda Qur’oni karimni o‘rgatish uchun barcha imo-ishoralar batafsil bayon etilgan. Hatto, o‘qishni tezroq o‘rganish maqsadida harflar tartibiga va shakliga qarab 7 ta guruhga ajratilgan. Har bir guruh so‘nggida 3 varaqdan iborat mashqlar berilgan.

Bosma nashrlar bo‘limi rahbari Farux Gurgulining OAVga bergan intervyusida, 2019 yildan boshlab eshitish qobiliyati cheklanganlar uchun suralar va duolar kitobini ham nashrdan chiqarish ham rejada borligini ta’kidlab o‘tgan. Uning aytishicha, Din ishlari boshqarmasi tomonidan bugun Turkiyada yashaydigan 900 ming atrofidagi ana shunday insonlar uchun alifboni bepul tarqatish nazarda tutilgan.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!