Erondan qo‘rqqan Netanyaxu AQShdagi o‘g‘lini qattiqroq qo‘riqlashlarini talab qildi

Erondan qo‘rqqan Netanyaxu AQShdagi o‘g‘lini qattiqroq qo‘riqlashlarini talab qildi

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Eron o‘ch olishidan qo‘rqib, AQShda o‘g‘lining xavfsizligini oshirishni talab qilmoqda. Avvalroq Isroilda Netanyaxuning o‘g‘li haddan tashqari himoyalanganligi norozilikka sabab bo‘lgan edi.

Netanyaxu mamlakatning "Shin Bet" xavfsizlik xizmatidan Hamas yetakchisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi uchun Eron o‘ch olishi mumkinligidan qo‘rqib, AQShda o‘g‘li Yair Netanyaxuning xavfsizligini kuchaytirishni so‘radi. Bu haqda Isroil OAVlari yozmoqda.

12-kanalning xabar berishicha, xavfsizlikni kuchaytirish talabi Netanyaxuning shtab rahbari tomonidan berilgan.

33 yoshli Yair Netanyaxu 2023 yil aprelidan beri Mayamidagi hashamatli turar-joy majmuasida istiqomat qiladi va elita "Shin Bet 730" birligi himoyasida, uning yillik xizmatlari taxminan 2,5 million shekel (680 ming dollar)ga baholanadi.

The Times of Israel nashrining yozishicha, Netanyaxuning o‘g‘li xavfsizligi bilan nega Isroilning yetti nafar yuqori martabali amaldori: prezident, bosh vazir, mudofaa vaziri, tashqi ishlar vaziri, Knesset spikeri, muxolifat yetakchisi va Oliy sud himoya qiladigan 730-bo‘lim shug‘ullanayotgani noma’lum. Boshqa himoyalangan shaxslar "Magen birligi" bilan birga bo‘lishi kerak (bu boshqa xavfsizlik xizmati, ammo "Shin Bet" bilan solishtirganda kuchsizroq).

Bundan tashqari, ism-sharifi oshkor etilmagan xavfsizlik amaldorlariga tayangan 12-kanalga ko‘ra, «Yair Netanyaxu jiddiy tahdidlarga duch kelayotgani haqida hech qanday alomat yo‘q».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!