Eron urushdan qo‘rqmaydi

Eron urushdan qo‘rqmaydi

Eron Tashqi ishlar vaziri Seyid Abbos Araqchi, o‘tgan oy Tehronda Hamas rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi munosabati bilan mamlakat Isroilni jazolash uchun qonuniy huquqidan foydalanishini aytib, Eron urushni xohlamasligini va urushdan ham qo‘rqmasligini ta’kidladi.

Yakshanba kuni italiyalik hamkasbi Antonio Tajani bilan telefon orqali suhbatda Araqchi sionistik rejimning Tehronda Haniyaning o‘ldirishiga Eronning javobini «aniq» deb ta’rifladi, ammo bu «o‘lchanadi va yaxshi hisoblab chiqiladi».

Araqchining qo‘shimcha qilishicha, Isroildan farqli o‘laroq, Eron keskinlashuvga intilmayapti, lekin ayni paytda keskinlashuvdan qo‘rqmaydi.

Haniya iyul oyi oxirida Tehrondagi qarorgohiga uyushtirilgan hujumda o‘ldirilgan. U Eronda prezident Masud Pezeshkianning inaugurasiya marosimiga qatnashgan edi.

Tehron hujum uchun Isroilni to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgar deb hisoblaydi.

Eron bu vahshiylik mamlakatning rasmiy mehmoniga nisbatan sodir etilganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!