Eron Bahrayndan dushmanlik siyosatini yuritishni bas qilishini so‘radi

Eron Bahrayndan dushmanlik siyosatini yuritishni bas qilishini so‘radi

Parlametnlararo ittifoqning vakili va Eron deputati Fotima Husayniy Belgradda o‘tgan ittifoqning navbatdagi yig‘ilishida Bahrayn hukumatining Eronga qarshi harakatlarini qoraladi va ushbu davlatga Yaqin Sharq davlatlariga nisbatan konstruktiv bo‘lmagan siyosatini o‘zgartirishni tavsiya qildi. Bu haqda «Iran.ru» xabar berdi.

Husayniy Bahraynning Eronni Saudiya Arabistoni neft zavodlariga hujum qilganlikda va mintaqadagi vaziyatni keskinlashtirishda ayblaganligiga javob qaytardi.

Qo‘shni davlatning «Al-Qoida» hamda ISHID kabi terrorchilarga homiylik qilayotganlarni himoya qilishi juda alamli holat.

Eron Islom Respublikasi bu kabi davlatlarning siyosati va harakatlariga qarshi turgan holda mintaqada terrorizmga qarshi kurashda har doim xolis bo‘lishga intilgan.

Fotima Husayniy, Eron Islom Respublikasi deputati

U Eronning bu kabi yot kuchlarga «biz mintaqada tinchlik va barqarorlik o‘rnatilganligining guvohi bo‘lganmiz» deb ayta olishini qayd etdi.

Shuningdek, Husayniy Eronning Yamandagi urushga aloqadorligini inkor etdi. U Yamandagi inqirozning bartaraf qilinishi va xorijdagi dushmanlar fitnasi sabab yuzaga kelgan ahvolning o‘nglanishida Eronning hamisha yordamga tayyor ekanligini bildirdi.

14 sentyabrda Saudi Aramco milliy neft kompaniyasiga tegishli ikki zavodga dronlar hujumi uyushtirilgan, portlashlar bo‘yicha mas’uliyatni Yamandagi xusiy-jangarilari o‘z zimmasiga olgandi. Dronlar hujumi natijasida yuzaga kelgan yong‘indan so‘ng dunyodagi eng katta neft eksportyorining sutkasiga 9,8 million barrel neftni qayta ishlash quvvati 5,7 million barrelga tushib ketgan.

AQSh hamda Saudiya Arabistoni ushbu hujumlar ortida Eron turganligini bildirgan. Bahrayn ham Buyuk Britaniya, Germaniya hamda Fransiya kabi ularning fikrini qo‘llab-quvvatlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!