Erdo‘g‘an 14 fevral kuni Sochida Putin bilan uchrashmoqchi

Erdo‘g‘an 14 fevral kuni Sochida Putin bilan uchrashmoqchi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qilishicha, u 14 fevral kuni Rossiya davlat rahbari Vladimir putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Anadolu turk axborot agentligi ma’lum qildi.

- 14 fevral kuni biz janob Putin bilan Sochida uchrashamiz, - degan Erdo‘g‘an.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tsurkiya Tashqi ishlar vazirligi aynan shu sanada Sochida Rossiya-Turkiya-Eron sammiti bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi.

Shuni qayd etishimiz lozimki, Putin bilan Erdo‘g‘anning avvalgi uchrashuvi 23 yanvar sanasida Moskvada bo‘lib o‘tgan.

life.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!