Endi o‘zbekistonliklar ham Amazon orqali mahsulot sota oladilar

Endi o‘zbekistonliklar ham Amazon orqali mahsulot sota oladilar

O‘zbekistonlik tadbirkorlar ham endilikda Amazon elektron tijorat platformasida ro‘yxatdan o‘tishlari va undan o‘z mahsulotlarini realizasiya qilishlari mumkin. Faqat Amazonda mahsulotlarini sotish uchun fuqaro O‘zbekiston hududida yashashi, telefon raqami va xalqaro to‘lov kartasiga ega bo‘lishi shart.

Bu haqda Qozog‘iston savdo va integrasiyalashuv vaziri Baxit Sultanov o‘zining Facebookdagi sahifasida ma’lum qildi. Uning aytishicha, 2020 yil noyabr oyidan buyon Amazon bilan muzokaralar olib borgan va Qozog‘istonni platformaga qo‘shishga erishishgan. Shuningdek, ular Markaziy Osiyodagi boshqa qo‘shni davlatlarni, jumladan O‘zbekistonni ham qo‘shishni so‘rashgan. Bu mintaqada umumiy biznes muhitining rivojlanishiga yordam beradi, deb hisoblashgan.

Ma’lumot uchun: bugungi kunda Amazon elektron tijorat platformasida 200dan oshiq mamlakatda yashovchi bir necha yuz million faol xaridor mavjud. Amazonning 2020 yildagi jami sotuv xajmi 386,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!