Endi kontraktlar ham oshadimi?

Endi kontraktlar ham oshadimi?

1 avgustdan ish haqi va pensiyalar o‘rtacha 10 foizga oshgach, 1 sentyabrdan talabalarning to‘lov-kontrakti miqdori ham 10% ga oshadi, deya ma’lum qilmoqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

«Agar mabodo Hukumat qarori bilan hozirgi tartib o‘zgarib qolmasa, unda 1 sentyabrdan, ya’ni keyingi semestrdan boshlab talabalarning to‘lov-kontrakti miqdori ham 10% ga oshadi. Masalan, 10 mln so‘mlik kontrakt 11 mln so‘m bo‘ladi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 12 iyul kuni 1 avgustdan byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, shuningdek, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini o‘rtacha 10 foizga oshirish haqida farmon imzoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!