Endi imtihonsiz o‘qishga kirish imtiyozi bor abituriyentlar kvotaga ta’sir qilmaydi

Endi imtihonsiz o‘qishga kirish imtiyozi bor abituriyentlar kvotaga ta’sir qilmaydi

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Bunga qadar ular kvota doirasida davlat granti o‘rnini band qilar, natijada qaysidir abituriyentlar kontraktga o‘tib qolardi.

Shu vaqtgacha kvota doirasida imtihonsiz o‘qishga kirish huquqini beradigan imtiyozlar ro‘yxati quyidagicha edi:

➖ Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
➖ “Nihol” mukofoti sohiblari;
➖ “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari;
➖ “Tarbiyachi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari;
➖ “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari;
➖ O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari;
➖ Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!