Eldor Shomurodovning goli «Rostov»ga «Spartak» ustidan g‘alabani taqdim etdi (video)

Eldor Shomurodovning goli «Rostov»ga «Spartak» ustidan g‘alabani taqdim etdi (video)

14 aprel, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Rossiya premyer ligasining 23-turida Rostov jamoasi o‘z maydonida Spartak ni qabul qildi.

Uchrashuvda hisob 13-daqiqada mezbon jamoa vakili Aleksandr Gaskan tomonidan ochildi. 27-daqiqada esa moskvaliklar futbolchisi Roman Zobnin hisobni tenglashtirdi (1:1).

Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida Aleksey Ionov o‘rniga O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov maydonga tushirildi. 80-daqiqada esa aynan Shomurodov Rostov ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi (2:1).

Mazkur natijadan so‘ng Rostov ochkolari sonini 35 taga yetkazib oldi. Jamoa ayni damda musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!