Ebola yana avj oldi: qurbonlar soni 50 nafarga yaqinlashdi

Ebola yana avj oldi: qurbonlar soni 50 nafarga yaqinlashdi

Afrikaning Kongo Demokratik Respublikasi Ebola virusining 11-chi epidemiyasini boshdan kechirdi.

Bu haqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining matbuot xizmati tvitterda xabar berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, ma’muriy markazi Mbandaka shahri bo‘lgan KDRning Ekvatorial provinsiyasida 10 sentyabr holatiga ko‘ra, 118 ta Ebola virusiga gumon qilingan holat qayd etilgan. Shulardan 112 tasida tashxis tasdiqlangan. 48 kishi virusning qurboniga aylangan, 52 kishi sog‘ayib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, KDRdagi avvalgi Ebola virusi bilan bog‘liq holat 2020 yilning iyun oyi boshlarida qayd etilgan bo‘lib, virus Mbandakaning vafot etgan to‘rt nafar fuqarosida aniqlangan, o‘shanda xastalik epidemiya episentridan 1000 km uzoqlikda tarqalgandi.

Umuman olganda, so‘nggi ikki yil ichida KDRda Eboladan 2,2 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Ebola bezgagi - asosiy alomatlari isitma, qon ketish, qayt qilish, terida toshmalar paydo bo‘lishi, diareya, mushak va bo‘g‘imlardagi og‘riq kabilardan iborat o‘tkir virusli xastalik bo‘lib, 50-90% hollarda o‘limga olib keladi.

Ma’lumot o‘rnida, JSST 2016 yilning dekabr oyida deyarli 100 foiz samaradorlikni namoyish etgan Ebola vaksinasi yaratilganligini e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!