Durov aliment to‘lamagan va uning ustidan sudga murojaat qilindi

Durov aliment to‘lamagan va uning ustidan sudga murojaat qilindi

O‘zini Pavel Durovning uch farzandining onasi deb atagan ayol uni bolalardan biriga jismoniy zo‘ravonlik qilganlikda ayblab, sudga murojaat qildi.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Shveytsariyada yashovchi va o‘zini milliarderning uch farzandining onasi deb ataydigan Irina Bolgar ulardan biriga nisbatan zo‘ravonlik bo‘yicha sudga murojaat qilgan. Ilgari Durovning faqat ikkita farzandi borligi ma’lum edi. Ko‘p bolali onaning ta’kidlashicha, milliarder 2021-2022 yillar davomida o‘g‘lini besh marta haqorat qilgan. Da’vo Durov bir necha oy davomida Bolgarga 150 ming yevro miqdorida aliment to‘lamaganidan keyin paydo bo‘lgan.

Aytilishicha, ayol sudga buni tasdiqlovchi tibbiy hujjatlarni taqdim etgan. Ishga Bolgarning sobiq eri bilan yozishmalari ham kiritilgan. Bundan tashqari, u Forbes bilan bog‘lanib, Durovning farzandlari sonini milliarderlar reytingida beshtaga o‘zgartirishni so‘rab, muharrirga otalikni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini yubordi.

Keyinroq nashr bolalarning haqiqiy ekanligi haqida xabar berdi. Telegram asoschisi vakillari hozircha bu holat yuzasidan izoh berishdan o‘zlarini tiymoqda.

Eslatib o‘tamiz, Durov avvalroq dunyo bo‘ylab yuzga yaqin biologik farzandi borligini aytgan edi, chunki u sperma donori hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!