Dunyoning eng badavlat 10 milliarderi bir kunda qancha pulidan ayrilgani ma’lum bo‘ldi

Dunyoning eng badavlat 10 milliarderi bir kunda qancha pulidan ayrilgani ma’lum bo‘ldi

Jahon fond bozorlaridagi qulash oqibatida chorshanba kuni dunyodagi eng badavlat 10 nafar milliarderning umumiy boyligi 33,8 mlrd dollarga kamaydi. Bu Forbes Real-Time reytingi ma’lumotlarida aks etgan.

Ma’lumotga ko‘ra, natijada Facebook asoschisi Mark Sukerberg boyligi 100 mlrd dollardan ortiq insonlar ro‘yxatidan chiqib ketdi, investor Uorren Baffet esa dunyoning eng boy kishilari ro‘yxatida yettinchi o‘ringa tushdi. Forbes Real-Time ma’lumotlari bo‘yicha dunyoning eng badavlat 10 nafar milliarderi boyligi quyidagicha kamaygan:

 Amazon rahbari Jeff Bezos: yo‘qotish 6,7 mlrd, boyligi — 186,3 mlrd dollar;

 Louis Vuitton Moët Hennessy prezidenti Bernar Arno: yo‘qotish 4,7 mlrd, boyligi — 115,1 mlrd dollar;

 Microsoft asoschisi Bill Geyts: yo‘qotish 2 mlrd, boyligi — 112,7 mlrd dollar;

 Facebook bosh direktori Mark Sukerberg: yo‘qotish 5,7 mlrd, boyligi — 98,4 mlrd dollar;

 Tesla asoschisi Ilon Mask: yo‘qotish 3,5 mlrd, boyligi — 90,3 mlrd dollar;

 Reliance Industries egasi Mukesh Ambani: yo‘qotish 550 mln, boyligi — 77,4 mlrd dollar;

 Berkshire Hathaway rahbari Uorren Baffet: yo‘qotish 2,2 mlrd, boyligi — 76 mlrd dollar;

 Oracle asoschisi Larri Elison: yo‘qotish 1,9 mlrd, boyligi — 73,9 mlrd dollar;

 Microsoft sobiq rahbari Stiv Balmer: yo‘qotish 3 mlrd, boyligi — 69,7 mlrd dollar;

 Google asoschisi Larri Peyj: yo‘qotish 3,5 mlrd, boyligi — 67,7 mlrd dollar.

 Sentyabrda dunyoning eng badavlat kishilari boyligi bir kunda 23 mlrd dollarga kamaygandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!