Dunyodagi eng xavfsiz va eng arzon aviakompaniyalar ma’lum bo‘ldi

Dunyodagi eng xavfsiz va eng arzon aviakompaniyalar ma’lum bo‘ldi

"AirlineRatings" portali 2021 yilga mo‘ljallangan eng xavfsiz aviakompaniyalarning reytingini taqdim etdi, deya xabar qilmoqda «Korrespondent.net».

Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi ro‘yxatda birinchi o‘rinda qayd etilgan. Kuchli uchlikka Yangi Zelandiyaning Air New Zealand va Qatarning Qatar Airways aviakompaniyalari kiritilgan.

Ta’kidlanishicha, Qantas aviakompaniyasi sohadagi eng tajribali sifatida tan olingan. Uning tarixi deyarli 100 yilga borib taqaladi va bu davrda aviakompaniya parvozlar va xavfsizlik sohasida haqiqatan ham ajoyib rekord to‘plagan.

"AirlineRatings" ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil uchun dunyodagi eng xavfsiz 20 ta aviakompaniya quyidagilar:

  1. Qantas
  2. Qatar Airways
  3. Air New Zealand
  4. Singapore Airlines
  5. Emirates
  6. EVA Air
  7. Etihad Airways
  8. Alaska Airlines
  9. Cathay Pacific Airways
  10. British Airways
  11. Virgin Australia/Virgin Atlantic
  12. Hawaiian Airlines
  13. Southwest Airlines
  14. Delta Air Lines
  15. American Airlines
  16. SAS
  17. Finnair
  18. Lufthansa
  19. KLM
  20. United Airlines

Shuningdek, AirlineRatings ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil uchun eng xavfsiz 10 ta arzon aviakompaniyalar quyidagilar:

  1. Air Arabia
  2. Allegiant
  3. EasyJet
  4. Frontier
  5. Jetstar Group
  6. Jetblue
  7. Ryanair
  8. Vietjet
  9. Westjet
  10. Wizz Air

Eslatib o‘tamiz, AirlineRatings samolyot qulashi hamda jiddiy hodisalar soni, samolyotning yoshi, aviakompaniyaning moliyaviy ahvoli, uchuvchilarni o‘qitish va samolyotda o‘zini tutish madaniyati kabi omillarni hisobga olgan holda dunyodagi 385 ta aviakompaniya xavfsizligini nazorat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!