Dunyodagi eng keksa panda vafot etdi

Dunyodagi eng keksa panda vafot etdi

Sin Sin ismli dunyodagi eng keksa panda 38 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda “New York Post”.

Nashrning ma’lum qilinishisha, insoniy ekvivalentga ko‘ra, Sin Sin taxminan 130 yoshda bo‘lgan.

Panda Xitoyning g‘arbiy qismidagi  Chunsin hayvonot bog‘ida yashagan. Patologik tekshiruv shuni ko‘rsatdiki, u qarish natijasida ko‘plab organlar yetishmovchiligidan vafot etgan.

Sin Sin 1982 yilning yozida Xitoyning Baosin shahridagi pandalar qo‘riqxonasida tug‘ilgan. Hayoti davomida 36 bolani dunyoga keltirgani uchun, hayvonot bog‘i xodimlari tomonidan "qahramon ona" deb atalgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!