Dunyodagi “eng chiroyli qizaloq” ulg‘aydi: hozir u mana shunday ko‘rinishda (foto)
Bolalarning modellik qilishi mavzusida odamlar munozara qilishni yaxshi ko‘radilar. Kimdir moda tajribasi bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytsa, yana kimdir qarama-qarshi nuqtai nazarga ega ekanligini ma’lum qiladi.
Olti yil muqaddam yuqoridagi suratdagi qizaloq Blondo "Vogue"da o‘tkazilgan suratga olish ishlarida ishtirok etdi, jarayon esa jamiyatda aks sado berdi. Odamlar qizaloqning shou-biznes olamiga kirib kelishi uning ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladilar.
2015 yilda “Teen Vogue” bilan o‘tkazilgan intervyuda "eng chiroyli qizaloq" shunday deb aytgandi:
«Ishimdagi eng sevimli qismlardan biri yangi fotograflar va vizajistlar bilan uchrashishdir. Bundan tashqari, chiroyli liboslar kiyishni ham yoqtiraman!»
Xuddi shu yilning o‘zida u "Belle & Sebastien: Sarguzashtlar davom etmoqda" nomli fransuz filmida ham rol o‘ynaydi.
Tilan Blondo bolaligida hech qanday noqulaylik his qilmaganligini va o‘tmishidan afsuslanmasligini ta’kidladi. Hozirda esa u mana shunday ko‘rinishda: