Dunyoda oziq-ovqat narxi rekord darajaga tushib ketdi

Dunyoda oziq-ovqat narxi rekord darajaga tushib ketdi

Jahon oziq-ovqat narxlari 2020 yil may oyida koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari tufayli 2018 yil dekabridan beri rekord daraja tushib ketdi, deb xabar beradi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti.

May oyida oziq-ovqat narxlari indeksi o‘rtacha 162,5 punktni tashkil etdi, bu avvalgi oyga nisbatan 1,9 foizga past, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, aprel oyidan beri sut mahsulotlarining narxi 7,3 foizga, don mahsulotlari 1 foizga, o‘simlik yog‘i 2,8 foizga tushgan. Bir oy davomida go‘shtning narxi o‘tgan yilning may oyiga nisbatan 0,8 foizga yoki 3,6 foizga kamaygan.

May oyidagi pasayish shakardan tashqari barcha toifalarga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lib, uning narxlar indeksi 155,6 punktni tashkil etgan, bu aprel oyiga nisbatan 7,4 foizga yuqoridir. Bunga Hindiston va Tailandda kutilganidan pastroq hosildorlik sabab bo‘lgan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!