Dunyoda boyligi 100 mlrd dollardan oshgan kishilar soni uchtaga yetdi

Dunyoda boyligi 100 mlrd dollardan oshgan kishilar soni uchtaga yetdi

Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) kompaniyalar guruhi prezidenti va asoschisi, fransiyalik Bernar Arno boyligi 100 mlrd dollardan ortiq insonlar qatoridan joy oldi, deb xabar berdi Bloomberg.

Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan kuni Arnoning boyligiga 3 mlrd dollar qo‘shildi va 100,4 mlrd dollarga yetdi. Shunday qilib, dunyoda boyligi yuz milliard dollardan oshgan kishilar soni uchtaga yetdi: avvalroq bu marrani Amazon asoschisi Jeff Bezos va Microsoft asoschisi Bill Geyts bosib o‘tgandi.

Bloomberg hisob-kitobiga ko‘ra, Arnoning boyligi Fransiya YAIMning 3% dan ortig‘ini tashkil etadi.

Forbes ekspertlari Arnoning bugungi kundagi boyligini 97,3 mlrd dollar deb baholashmoqda. U ushbu jurnal milliarderlar reytingida uchinchi o‘rinda joylashgan. undan yuqori o‘rinlarda Bezos ($156,2 mlrd) va Geyts ($102,4 mlrd) bormoqda.

Manba:oxo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!