Donald Tramp prezidentlikka saylansa, AQSh Kosmik milliy gvardiyasini tuzishga va’da berdi — Newsweek

Donald Tramp prezidentlikka saylansa, AQSh Kosmik milliy gvardiyasini tuzishga va’da berdi — Newsweek

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Detroytda bo‘lib o‘tgan Milliy gvardiya bosh konferensiyasida shunday bayonot berdi.

"Birinchi prezidentlik muddatimdagi eng katta yutuqlarimdan biri Qurolli Kuchlarning 70 yildan ortiq vaqtdan beri birinchi yangi bo‘linmasi bo‘lgan Kosmik kuchlarni tashkil etish bo‘ldi. Endi men AQSh Kosmik kuchlarining asosiy jangovar zaxirasi sifatida Kosmik kuchlar Milliy gvardiyasini yaratish vaqti keldi deb hisoblayman", — deya ta’kidladi Tramp o‘z nutqida.

AQSh Kosmik kuchlari rasman Trampning prezidentlik davrida, 2019 yil 20 dekabrda tashkil etilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!